KUCH - BILIM VA TAFAKKURDA!

Biz haqimizda   Me'yoriy hujjatlar   O'qishga kiruvchilar uchun   O'qituvchilar uchun    
  Tarbiya
Biz haqimizda
Litsey haqida umumiy ma'lumotlar
Kafedralar
Rahbariyat haqida ma`lumotlar
Pedkengash tarkibi va rejasi
Ma'naviy faoliyat
Davlat ramzlari
Sport tadbirlari
Madaniy tadbirlar
O`quvchilarning kiyinish tartibi
Bizning faxrimiz
O`quv jarayoni
O`zlashtirish monitoringi
Dars jadvali
Tarbiya
Jamoat tashkilotlari
Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati boshlang`ich tashkiloti faoliyati
Ademik litsey xotin qizlar qo`mitasi faoliyati
Elektron kutubxona
Xalqaro aloqalar
Xalqaro aloqalar
Sirtqi olimpiada
Masofaviy ta'lim resurslari
Foydali ma'lumotlar
Ota-onalar uchun
O'quvchilar haqida ma'lumot
Qo'shimcha
Sayt xaritasi
Xabar qoldirish
Fotogaleriya
Keksalarni e`zozlash yili
Keksalarni e`zozlash yili dasturi
Amalga oshirilgan ishlar

Ovoz bering!

Siz saytni qanday baholaysiz?
A`lo
Yaxshi
Qoniqarli
 Natijalar
free counters
'; ; $u = round(($j+$o1+$o2+$o3+$y)/5,1); echo ' echo ' br border:1px solid green;background-image:url(../img/hikmat_fon.png); margin:15px;padding:5px;font-family:calibri;font-size:12px;font-weight:bold;color:darkblue;text-align:centertd style=

Tarbiya

Odamiylik

   Inson ilmi yo ijtimoiy mavqeidan, yoshi, yo kasb-koridan qat`iy nazar, har kun, balki har soat odamlar bilan muomalada bo`ladi. Odamlar jamoasidan ayri yashash mumkin bo`lmaganidek, xizmat burchi yo turmush ehtiyoji bilan ham odamlarga ro`para kelmaslikning iloji yo`q. Bu esa, odam ishi odam bilan bitadi, degan so`z. Lekin, bu ish shirin bitadimi yo achchiq bunisi muomala egasining hulq-atvoriga, qo`pol yo muloyim muomalasiga bog`liq. Nega desangiz, shirin muomala bilan bitmaydigan ish ham bitadi, qo`pol muomala bilan esa bitadigan ish ham bitmay qolishi mumkin. Lekin bu gapimizdan: ` Faqat ishni bitirib olish uchunginaxushmuomalada bo`lish kerak ekan-da degan xulosa chiqmasligi kerak, albatta. Insonni chinakam inson qiladigan narsa uning yaxshi fazilatlari bo`lsa, xushmuomalalik shu yaxshi fazilatlarning eng muhim shartlaridan biridir. Odamning yaxshi yo yomonligi, ahloqi yo ahloqsizligi, madaniyatli yo madaniyatsizligi, shafqatli yo shafqatsizligi, soddaligi yo kibru havoliligi yurish-turishidan ham oldin muomalasidan bilinadi. Shuning uchun o`z qadru-qiymatini bilgan odam eng avval muomala odobining g`amini yeydi.
   Inson tug`ilganidan boshlab butun umrini, butun hayot faoliyatini jamiyat ichida, odamlar orasida o`tkazadi. U hoh uyida bo`lsin, hoh ish joyida odamlarga to`qnashmay iloji yo`q. Shuning uchun u o`zini jamiyatga mos tutishga, ya`ni tevaragidagi odamlarni hurmat qilishga, o`zi ham ulardan hurmat ko`rishga intilishi kerak. Bu esa har bir kishidan odamshavandalikni talab qiladi. Insonning hayvonlardan ustunligi unda aql-idrok, fahm-farosat bilan birga til ham borligidadir. U shu til bilan mo`jizalar yaratishi mumkin.
   Qars ikki qo`ldan chiqadi, deydilar. Janjal ham ikki tomonning qo`pol muomalasidan chiqadi. Bir qo`lingiz band bo`lsa chapak chalolmaganingiz singari, bir tomon og`ir bo`lsa, ya`ni tilini tiysa, janjalning ham uni o`chadi. Jaholat ko`p yomon narsa. Bushunday bedod, shunday beomonki, izmini berib qo`ygan kishi keyin attang deydi. Qo`pol muomala, ayniqsa dag`al so`z bag`ri qattiq, fahmi past odamni ham ranjitmay qo`ymaydi.
Jamiyatning ahloq normalariga itoati bilan chiroy to`kib yurgan odamlarga esa bu xil muomala nihoyatda qattiq botadi. Dili ozor topgan odam soatlab, balki kunlab o`ziga kelolmay, qo`li ishga bormay qoladi. Demak, qo`pol so`z yo xunuk muomala inson dilini og`ritish bilan birga jamiyat ishiga ham zarar berar ekan. Badfe`l odamlarning sho`rlari shundaki, ular hatti-harakatlari, bema`ni hulq-atvorlari oqibatida boshqalarga ma`naviy, hatto moddiy zarar yetkazayotganlarini faxmlamaydilar. Balki oralarida faxmlaydiganlari ham topilar, lekin ular kirib qolgan noto`g`ri yo`llaridan qaytish g`amini yemaydilar.
   Ma`lumki, vaqtida yopib qo`yilmagan darchadan it ham mushuk ham kirib chiqaveradi. Shu kabi, nazoratsiz qolgan og`izdan bodi kirib shodi chiqishi mumkin. Insof bilan o`ylab qaralganda, dag`al so`zning ham, shirin so`zning ham chiqadigan joyi og`iz bo`lgandan keyin, undan birovning ko`ngil jomini sindiradigan sovuq, xunuk so`z emas, odamda hurmat hissini oshiradigan shirin so`z chiqsa, buning savobiga kim yetsin! Axir, bunday shirin so`z muomala egasining odamiylik fazilatiga faqat toj bo`lib tushadi-ku!

Mehnatsevarlik

   Mehnat-qudrat demak. Inson hayotini bezaydigan, unga baxt-saodat keltiradigan, boylik, farovonlik baxsh etadigan yagona kuch mehnatdir.
   Odam bolasining umri bitta-bittadan g`isht terib ko`tarilgan binoga o`xshab ketadi. Binoning mustahkam turishi, uzoq umr ko`rishi, ishlatilgan materialning sifatidan tashqari, poydevorining yaxshi-yomonligiga bog`liqdir. Metin poydevorga o`rnatilgan bino qanchalik mustahkam bo`lsa, yoshlikdanoq biron hunar yo kasb etagini mahkam ushlab olgan yigit-qizlarimiz ham hayotda o`sha hashamatli bino kabi savlat to`kib o`tishadi. Ammo inson savlati har qanday bino hashamatidan baland. Chunki u hashamati bilan ko`zlarni qamashtiruvchi ko`p qavatli binolarnigina emas, fazoga uchirilayotgan mo`jiza kemalarni ham yaratuvchi, ijod qiluvchi, sayqal, bezak beruvchi aqlli, irodali kuchdir. Faqat inson ana shunday aqlli, irodali kuch darajasiga ko`tarilish uchun mehnat qozonida rosa qaynab, biron hunar yo ixtisos egasi bo`lmog`i lozim.
   Hunar tanlash masalasida esa hozirgi yoshlarimizning istiqbollari juda baland. Bironta hunar o`rganish tilagi bilan hayotga nazar solsak, mehnat ijod sohasi shu qadar ko`pligini ko`ramizki, buni katta baxt, katta davlat deb sanash kerak. Faqat o`zingiz yashab turgan oilangiz iste`molidagi buyumlarga bir nazar solsangiz, haddi-hisobsiz hunar mahsulidan kichik bir zarrasini ko`rasiz: elektr, radio, televizor, gaz, kir yuvish mashinasi, changyutgich, pianino, vanna, har xil idish-tovoq, karavot, stol, stul, vodoprovod va hokazolar. Siz bu narsalarni ko`rasiz-u, kim qilganini, qanday qilinganini ko`pincha o`ylamaysiz. Biz shaharlar orasidagi masofalarni atigi bir necha soatlik qilib qo`ygan gigant samolyotlar, uchar poyezdlar, avtomobillar va boshqa yengilliklar to`g`risida gapirmayoq qo`yaylik. Ammo bu ne`matlarni yarataman deb terga pishib mehnat qilayotganlar sizu bizga o`xshagan odamlar ekanini gapirmasdan o`tolmaymiz. Ana shu ajoyibotni yaratayotganlar tor ma`noda hunarmand, keng ma`noda esa ijodkor kishilardir. Bular o`zlarini mehnatga urgan, mehnatdan sharaf topgan go`zal insonlardir.Shuning uchun biz go`zal inson haqida hayol qilganimizda, mehnat - hayotining eng zarur ehtiyojiga aylangan kishi ko`z o`ngimizga keladi. O`rtaga hammaga ma`lum shiorlarni tashlab ko`kragiga musht urib maqtangan odam emas, har kun, har vaqt mehnat burchini kamtarlik bilan, kerilmasdan, maqtanmasdan, vaqtini bekor o`tkazmasdan bajarib kelgan odam ` chinakam go`zal odamdir.

   Ertaga qo`limdan ish kelsin desang,
   Kelar, agar bugundan g`amin yesang!

Ahloq

   Insonni ma`naviy jihatdan go`zal qilayotgan odamiylik va mehnatsevarlik kabi sifatlar orasida ahloq sharti yana muhim o`rin tutadi. Odam bolasi bilimi, tajribasi, shijoati, tashqi qiyofasi bilan havas uyg`otishi mumkin. Ammo ahloqi buzuq, hulqi yomon bo`lsa, bu yaxshi sifatlarning hammasi ikki chaqa bo`lib qoladi. Shuning uchun har kim ( u hoh katta yoshda, hoh kichik yoshda bo`lsin) odamlar nazaridan qolmaslikka, biron nojo`ya harakat yo xunuk so`z bilan o`zini badnom qilmaslikka tirishadi. Uni shunday qilishga ahloq sharti majbur qiladi. Ahloq jamiyat oynasidir. Jamiyat baxt-saodati yo`lida halol mehnatal_pages/al_pages/dasturlar/taqvim_mavzular/tillar/adabiyot.zipal_pages/dasturlar/taqvim_mavzular/tillar/adabiyot.zipal_pages/dasturlar/taqvim_mavzular/tillar/adabiyot.zipdasturlar/taqvim_mavzular/tillar/adabiyot.zip qilish, ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash, ijtimoiy va shaxsiy hayotda halollik, rostgo`ylik, ahloqiy poklik, oddiylik va kamtarlik insonning ahloq me`yorlaridir.
Kishilik ahloqining eng yaxshi namunalarini tanalariga singdirayotgan hulqi chiroyli zamondoshlarimizni chashmadan oqib chiqqan toza suv desak, ahloq yo`lidan toygan, adashgan, hulqi buzuqlarni loyqa tomchilar deb aytishga majburmiz. Biz bu suhbatimizda chashmadan jo`sh urib chiqayotgan katta suv to`g`risida gapirib o`tirmaymiz, busiz ham u hammaga ma`lum. Lekin ana shu toza suvni bulg`ash qasdida bo`lgan loyqa tomchilar to`g`risida ikki og`iz gapirmasdan ilojimiz yo`q. Jinoyatlar, haromxo`rlik, buzuqilik, o`g`rilik kabi illatlarning bari ahloqsizlik ta`sirida rivojlanadi. Oxir-oqibat loyqa tomchilar botqoqliklarga aylanib qoladilar.    Har birimizning suyanchig`imiz, mehribonimiz xalq ekan, xalq hurmatini qilish burchimiz, sharafimiz, farzandlik qarzimizdir.
   Goho ahloq tabiatiga begona qiliqlar ham uchrab qoladi. Bularni soxtalik yo riyokorlik deb atash mumkin. Odamning asili birov ko`rib turganda bir xil, ko`rmaganda boshqa xil harakat qilmaydi. Aksincha, qiladigan jamiki harakatini boshqalar uchun emas, o`zi uchun, o`z vijdoni uchun qiladi.

Madaniylik

   Madaniylik, shirinsuxanlik, ko`ngilxonlik inson husnining shartlaridandir. Har bir odam hulq-atvori, hatti-harakati, yurish-turishi, o`zini tutishi, demak, madaniy saviyasi jihatidan el orasida yo yaxshi, yo yomon nom qoldiradi. Hurmat bilan tilga olinishiga ham, nafrat bilan yuz o`girilishiga ham odamning o`zi sababchi. Odam bolasi esa dunyoga faqat yaxshi otliq bo`lish uchun, ya`ni yaxshi fazilati, adolati, madaniyati bilan boshqalarga ibrat bo`lish, boshqalarni yaxshi yo`ldan ergashtirib borish uchun keladi.    Yaxshi fazilat shunday ulug`narsaki, uni odam hayotining ma`naviy xazinasi desa bo`ladi. Bu xazinada inson husnining durdonalari saqlanadi. Bu durdonalarni har bir odam o`zi bitta-bittadan terib, husn xazinasiga keltirib to`kadi. Inson deganda biz shu ma`naviy boylik xazinasining ajoyib sohibkorlarini tushunamiz.
   Ma`lumki, odam bolasi asosan yakka-yolg`iz tug`iladi. Lekin umrini jamiyat ichida o`tkazadi. Bu esa odamning hatti-harakati, turish-turmushi el ko`zida bo`ladi; yaxshiligini ham, yomonligini ham, hatto bosgan har bir qadamini ham el ko`rib turadi, degan so`z. Bundan chiqdi elning qarg`ishini emas, elning olqishini olishni o`ylash, el ichida qarg`a bo`lib ajrab emas, el ichida kabutar bo`lib birga yashash kerak.
   El orasida odam qaddini raso qilib tuttiradigan fazilat durdonalaridan biri madaniylikdir. Odamda shu yaxshi fazilat bo`lmasa, u har qadamda qoqilishi, el nazaridan qolishi ehtimoldan holi emas. Shuning uchun madaniylikka faqat va faqat o`qish, bilim olish yo`li bilangina erishiladi, deb bo`lmaydi. To`g`ri ilmu-ma`rifat madaniylikni orttiradi, mustahkamlaydi, lekin birdan-bir sharti bo`lib qolmaydi. Shuning uchun madaniyatni odamning olgan ilmida, kiygan kiyimida deb tushunish noto`g`ri bo`ladi.
    Madaniyat magazinda sotilmaydi, shuningdek yetuklik shahodatnomasiga yoki diplomiga "Bu kishi madaniyatli" deb ham yozilmaydi. Bu yuksak huquqni odamga uning hayotda tutgan o`rni, mehnati, odamiyati, hulq-atvori beradi.
   Hayotning ichiga kirgan kishi, el ichida bo`lib, el bilan yurgan kishi xalqimizning ajoyib madaniyatini ko`rmay, bu insoniy madaniyat necha asrlardan beri avloddan-avlodga o`tib kelayotganini payqamay iloji yo`q. Odamning o`z ona tiliga bo`lgan mehru-muhabbati va hurmati, o`z tilini qanchalik bilish-bilmasligi undagi madaniylik darajasiga o`lchovdir. Madaniyatning asl mohiyatini tushungan, ya`ni madaniylik qonun-qoidalari tanasiga singib ketgan har bir odam o`zi gapirgan tilning sofligi, tantanasi uchun hammavaqt jon kuydiradi. Xulosa qilib aytganda, madaniyat- odamcha yashashu, odamcha ishlashda, odamcha o`ylashu odamcha saylashda. Ana shunday sifat va fazilat egalarini, ya`ni ulug` insoniy madaniyatga erishish uchun o`zida vaqt ham, kuch ham topgan kishini chinakam madaniyatli desa bo`ladi.

Shirinso`zlik

   Dag`al, sovuq gapiradigan, og`ziga yomon so`z oladigan odamni madaniyatli deb bo`lmaganidek, tilidan bol tomib turadigan shirinso`z kishini ham madaniylik sharafidan mahrum qilib bo`lmaydi. Har qanday jamiyatda odam odamsiz yashay olmasligini ko`z o`ngimizga keltirsak, shirinso`zlik naqadar zarurligi o`z-o`zidan ayon bo`lib qoladi.
   Insof bilan o`ylab qaralganda, dag`allikni oqlaydigan biror dalil topilmaydi. Nimaga desangiz dag`al so`zning ham, shirin so`zning ham chiqadigan joyi-og`iz. Agar og`iz nazoratsiz qoldirilsa, tanobi mahkam ushlanmasa, undan dag`al so`zgina emas, haqorat ham chiqaveradi.    Ko`ngil ko`p nozik narsa. U o`z tabiati bilan ko`klam guliga o`xshaydi. Salgina sovuq yayrab-yashnab turgan gulni nobud qilganidek, jinday dag`allik ham ko`ngil jomini sindiradi. Dunyoda biron inson yo`qdirki, ko`ngil nimaligini, ko`ngil ra`yi nimaligini bilmasin.
U shundayki, horiganda-osoyishtalikdan o�zgasini istamaydi, yayraganda- xafagarchilikdan qilchasini sig�dirmaydi. U sal narsa bilan yo ko�tariladi, yo cho�kadi. Shu boisdan katta ham, kichik ham ko�ngil tabiatini anglasa, unga ozor yetkazadigan so�z, har qanday harakatdan o�zini saqlasa maqsadga muvofiq ish bo�lardi.
   Inson umri juda qisqa. Shu qisqa umrni ham qo�pollik, be�manilik, yaramas hulq-atvor bilan o�tkazish odamga juda alam qiladi. Qani endi, shu qisqa umr shirin so�z, shirin muomala, chiroyli ta�b-tabiat bilan o�tsa, buning savobiga kim yetsin! Shirin so�z bilan olam shirin, shirin so�z bilan hayot shirin!
   Shu o�rinda shoir Tolib Yo�ldoshning bir ajoyib ruboiysi jilva tortib qoldi. Mana o�qing-chi:
   Bir so�z bilan har kishi
   O�zligini ko�rsatar,
   So�z gavharin ko�pincha
   Dono olar, ko�r sotar.
   Meditsina olimlari inson hayotini uzaytirish sohasida ancha tajriba o�tkazdilar. Ular shu ilmiy ishlarida janjalning umrga zavol ekanini aniqladilar. Har bir xalqda bo�lganidek, o�zbek xalqida ham kishi ko�nglini ko�taradigan dilrabo so�zlar istalgancha topiladi. Faqat bu so�zlarni yo qidirmaymiz, yo qidirib topsak ham nazarimizga ilmaymiz. Shuning uchun odamlar munosabatida, yaqin kishilarimizga yaxshi tilak yo hamdardlik izhor etish paytida ko�p vaqt soqovlik qilib qolamiz. Shirin so�zning sharofatini xalqimiz ta�rifidan orttirib ifoda qilib bo`lmaydi:
   Yaxshi so`z bilan ilon inidan chiqar,
   Yomon so`z bilan pichoq qinidan chiqar...

Farzand burchi

   Odamzod o`z ibtidosidan boshlab hozirgi kungacha bir ajoyib fazilatini yorug` yuz bilan saqlab keladi. Bu fazilat-ota-ona oldidagi farzandlik burchining hamma vaqt, hamma yerda sharaf bilan bajarilishidir. Farzand, katta yo kichik yoshda bo`lishidan qat`iy nazar, ota-onasining hurmatini, demak xizmatini qiladi. Bundan o`zgacha bo`lishini tasavvur qilish qiyin, albatta. Shuning uchun qiyinki, farzandini ne-ne umid, ne-ne intizorlik bilan bunyodga keltirguncha, ne-ne mehnat, ne-ne mashaqqat bilan uni voyaga yetkazib, xalq xizmatiga topshirguncha ota-ona yuzlariga ajin, sochlariga oq tushadi. Otami, onami shoir Tolib Yo`ldoshning fusunkor to`rtliklaridan birida aytilgandek:
   Kichiklarni katta qilguncha
   Kichik bo`ib qolar ekansan,
   Daryo bo`lsang oqqan hayqirib,
   Kechik bo`lib qolar ekansan!
   Shuning uchun ota-ona oldidagi muqaddas burchni esdan chiqarish yo bunga beparvo bo`lish inson sha`niga juda katta haqoratdir. Ana shu yuksak nom bilan bosh ko`tarib yurgan har bir inson buni yaxshi biladi, bunga har qanday vaziyatda ham rioya qiladi.
   Ko�z qadriga yetgan odam uni har chog� xas-cho�pdan asraydi. Chunki olam husni jamoli shu ko�zlar oynasida jilvalanadi.Endi ayt: sen asragan shu ko�zlar qaydan, kimdan? Bilasan, bilganing uchun ham ota-ona qadriga yetasan, farzandlik burchingni muqaddas anglab, unga dog� tushirishdan oqpadar yo onabezor bo�lishdan qo�rqasan. Asl farzand burchini shu tariqa anglaydi. Lekin ota-ona hurmatini, ularning xizmatini el-ko�y la�natidan qo�rqib emas, yo�q-yo�q aslo buning uchun emas, balki vijdon da�vatiga quloq solib, insonlik qadrini yuksak tutib, oqko�ngillik bilan bajo keltirish kerak. Odamlar hukmidan qo�rqib, malol kelib qilinadigan hurmat nima-yu, qumga qurilgan omonat kapa nima- birining umri jonga tekkuncha, ikkinchisiniki shamol turguncha.
   Fozil insonlar aql dunyosining tiraklaridir. Dunyoni aqli, idroki, bilimi bilan munavvar etib kelgan ulug� zotlar ham ota-ona oldidagi ta�zimlarini kanda qilmaganlar. Ana shunday onalarni shoir madh etib deydi:
   Mehr suti berib, o�pib, ardoqlab,
   Baxt to�la qalbila bizni quchoqlab,
   Tunlari erkalab, aytib allalar,
   Quvonchga sig�mayin qilib yallalar,
   Boshimiz ustida doim soyabon,
   Tomirimizda qonu tanimizda jon,
   Uchrasak dardga, dardimizni olgan,
   Baxt yo�liga bizni mehr-la solgan,
   Onadek dunyoda bormikan aziz,
   Ona mehri kabi ezguyu laziz?!
   Ota-ona farzandlarining dunyoga kelishlarida shunchaki bir sababkorlar bo�libgina qolmay, ayni zamonda, butun umrlarini, butun halovatlarini, yurak o�tlarini, og�ir mehnatlarini bolalari baxtiga bag�ishlagan eng mehribon, eng jonkuyar jigarbandlar hamdir.Kechagina ota-ona bag�ridan chiqib, mustaqil hayot boshlagan yosh kelin-kuyovlar birinchi farzandlari tug�ilgan kunni umrlarining oxirlarigacha esdan chiqarmaydilar. Chunki bola bilan birga ota-ona umrining tilak va orzusi, quvonch va sevinchi ham tug�iladi.

Mirzakalon Ismoiliy "Inson husni"

Hadislardan namunalar

Do`stlik haqida

   Do`stlik ham meros qoladi, dushmanlik ham.

    Musulmonchilikda uch kundan ortiq arazlash yo`qdir.
Alloh taolo do`stlariga ho`mrayadigan, qovoq solib qaraydigan kishini
yomon ko`radi.

    Odamlarning orasini buzadigan chaqimchilikdan saqlaninglar.

    Qo`l berib ko`rishinglar, dillardan g`am, gina ketadi.

Rostgo`ylik

   Yolg`on gapirmanglar, chunki yolg`on gap iymonga ziddir.
Men ham hazil-mutoyiba qilaman, lekin haq gapni so`zlayman.
Tangri nazdida eng yaxshi gap rost gapdir.

   "Rostgo`ylikda xavfu xatar
ko`rsanglar ham rost so`zlanglar. Shunda najot topasizlar. Garchi foyda
ko`rib turgan bo`lsangiz ham yolg`ondan saqlaninglar".

Ilm haqida

   Ilm o`rganib, so`ng uni boshqalarga o`rgatmaslik go`yoki molu dunyoni
yig`ib, uni sarf qilmay, ko`mib qo`yish bilan barobardir.
Halol rizq topish har bir mo`min uchun vojibdir.

   "Ilm o`rganish har bir mo`min uchun farzdir. Ilm tolibi uchun
hamma narsa, hatto dengizdagi baliqlar ham gunohini so`rab Allohga
istig`for aytadi".

    "Ilmning ofati - uni esdan chiqarmoqlik va ilmga rag`bati
bo`lmagan kishilarga o`rgatib, uni zoe ketkazmoqlikdir".
Ilmning yaxshisi - foydalisi.

    Ilmni avval o`zi o`rganib, so`ng boshqalarga o`rgatishlik
sadaqalarning afzalidir.

    Har bir musulmonga ilm olish farzdir.

    Ilmu hunarni Xitoyga borib bo`lsa ham o`rganinglar.

    Beshikdan qabrgacha ilm izla.

Yaxshilik

   Ey, Tangrining bandalari, og`ir va yuvosh bo`linglar.
"Tangri saxiydir, saxiylarni do`st tutadi. Axloqi oliy
kishilarni yoqtirib, axloqsizlarni yoqtirmaydi".

Har bir yaxshilik sadaqadir.

    Agar yaxshiliging seni xursand qilib, yomonliging xafa qilsa,
demak, sen mo`min ekansan.

    Yaxshilikning kichkinasini ham kichik demay qilaver�

    Birodaringga ochiq chehra bilan yuzlanishing bilan bo`lsa ham
yaxshilik qil.

    Bir-birlaringizni kavlamanglar, tortishmanglar, yomon ko`rishmanglar,
Yomonlik qilgan kishiga yaxshilik qil.

    Kimning xulqi yomon bo`lsa, o`zi azoblanadi.
Har bir yaxshilik sadaqadir. O`zing yaxshi ko`rgan narsangni o`zgalarga
ham ravo ko`r.

    Agar biror yomonlik qilsang, ketidan yaxshilik qil.

© 2010-2011 UzMU 2 - son akademik litseyi
Teskari aloqa
Mualliflik huquqida