KUCH - BILIM VA TAFAKKURDA!

Biz haqimizda   Me'yoriy hujjatlar   O'qishga kiruvchilar uchun   O'qituvchilar uchun    
  Ma'naviy faoliyat -> Davlat ramzlari
Biz haqimizda
Litsey haqida umumiy ma'lumotlar
Kafedralar
Rahbariyat haqida ma`lumotlar
Pedkengash tarkibi va rejasi
Ma'naviy faoliyat
Davlat ramzlari
Sport tadbirlari
Madaniy tadbirlar
O`quvchilarning kiyinish tartibi
Bizning faxrimiz
O`quv jarayoni
O`zlashtirish monitoringi
Dars jadvali
Tarbiya
Jamoat tashkilotlari
Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati boshlang`ich tashkiloti faoliyati
Ademik litsey xotin qizlar qo`mitasi faoliyati
Elektron kutubxona
Xalqaro aloqalar
Xalqaro aloqalar
Sirtqi olimpiada
Masofaviy ta'lim resurslari
Foydali ma'lumotlar
Ota-onalar uchun
O'quvchilar haqida ma'lumot
Qo'shimcha
Sayt xaritasi
Xabar qoldirish
Fotogaleriya
Keksalarni e`zozlash yili
Keksalarni e`zozlash yili dasturi
Amalga oshirilgan ishlar

Ovoz bering!

Siz saytni qanday baholaysiz?
A`lo
Yaxshi
Qoniqarli
 Natijalar
free counters
'; ; $u = round(($j+$o1+$o2+$o3+$y)/5,1); echo ' echo ' br border:1px solid green;background-image:url(../img/hikmat_fon.png); margin:15px;padding:5px;font-family:calibri;font-size:12px;font-weight:bold;color:darkblue;text-align:centertd style=

Davlat ramzlari

O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi

    "O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so`l tomonida bug`doy boshoqlari, o`ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari surati tushirilgan chambardan iborat. Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug` ramzidir. Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo`lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo`lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog`ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga "O`zbekiston" deb yozib qo`yilgan.

O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i

    "O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i to`g`risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Davlat bayrog`i va uning ramzi bugungi O`zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan tarixan bog`liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an`analarini o`zida mujassamlashtiradi.

  • Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog`ining rangi ham moviy rangda edi.
  • Bayroqdagi oq rang muqaddas tinchlik ramzi bo`lib, u kun charog`onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg`unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg`uborlik, soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki go`zallikka intilishning timsoli.
  • Yashil rang ` tabiatning yangilanish ramzi. U ko`pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
  • Qizil chiziqlar vujudimizda jo`shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.
  • Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an`analarimiz bilan bog`liq. Ayni paytda u qo`lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.
  • Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy tismol sanalgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an`analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o`n ikki yulduzga bo`lgan e`tiborimiz O`zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Davlat bayrog`imizdagi 12 yulduz tasvirini o`zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o`z tuprog`ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi

"O`zbekiston Respublikasi Davlat gimni to`g`risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan. Davlat madhiyasining so`zi O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasini esa bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan.

Abdulla Oripov so`zi, Mutal Burhonov musiqasi

Serquyosh hur o`lkam, elga baxt, najot,
Sen o`zing do`stlarga yo`ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!


Naqorat:
Oltin bu vodiylar jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!


Bag`ri keng o`zbekning o`chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo`r qanot!
Istiqlol mash`ali, tinchlik posboni,
Haqsevar ona yurt, mangu bo`l obod!


Naqorat:
Oltin bu vodiylar jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!

© 2010-2011 UzMU 2 - son akademik litseyi
Teskari aloqa
Mualliflik huquqida