Masofali talim
TIZIMGA KIRISH


       Bilim olishning intellektual tizimiga hush kelibsiz!

Bu qanday tizim? Bilim olishnig intellektual tizimi - axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy kasbiy ta’limni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan, talabalarning mustaqil ta’lim olish ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot ashyolari, o`zaro aloqalar qaydnomalari, dasturiy va tashkiliy-metodik ta’minotlarning tizimli-tashkiliy majmuidir.Ya’ni Siz bu tizim orqali mustaqil ravishda bilim olish imkoniyatiga ega bo`lasiz.

      Tizimning asosiy maqsadi

Ta’lim jarayonini individuallashtirish hamda differentsiyalashtirish tamoyillari asosida tashkil etilishini ta’minlash, oliy ta’lim tizimida faoliyat ko`rsatayotgan yetakchi professor-o`qituvchilarning kasbiy salohiyatlariga tayangan holda, ta’lim sifatini oshirish, foydalanuvchilar uchun uzluksiz ta’lim olish imkoniyatini yaratish, ta’limning turli shakllarini o`zaro bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat.

         Tizim Sizga ...

... o`z vaqtingizni to`g`ri taqsimlagan holda, uzluksiz ravishda sifatli bilim olish va yetuk mutaxassis bo`lib yetishishingizda yaqin ko`makchi vazifasini o`taydi.Tizimning umumiy ko`rinishi bilan tanishib chiqing. Tizimdan foydalanish uchun eng avvalo, tizimda ro`yxatdan o`tish ingiz kerak. Tizim bo`yicha boshqa ma`lumotlar bilan muloqot davomida tanishib borasiz.

Sizga omad tilaymiz!